SHEET
Composers
Mukhtar Ashrafi

Mukhtar Ashrafi

1912–1975 · Uzbekistan

Composer and conductor, one of the founders of Uzbek opera.

Read more

Birinchi asari — „Sodrash“ marshi T. Sodiqov va Sh. Ramazonov bilan hamkorlikda yuzaga kelgan (1929). Ustozi S. N. Vasilenko bilan hamkorlikda ilk oʻzbek operalari „Boʻron“ (Komil Yashin librettosi, 1939) va „Buyuk kanal“ (Komil Yashin va Mamajon Rahmonov librettosi, 1940)ni yaratgan. „Qahramonlik“ (1942), „Gʻoliblarga shon-sharaflar“ (1944) simfoniyalari, „Dilorom“ (Komil Yashin va M. Muhamedov librettosi, 1958), „Shoir qalbi“ (I. Sulton librettosi, 1960—1961) operalari, „Sevgi tumori“ (1969), „Matonat“ (1971), „Muhabbat va qilich“ (1973) baletlari, „Rustam haqida doston“ (1975, „Shohnoma“ asosida) oratoriyasi oʻzbek musiqa madaniyatiga qoʻshilgan katta hissa boʻldi. „Vaqt taronasi“ kantatasi (1952), „Bahor yeli“ (1937), „Nasriddin Buxoroda“ (B. Arapov bilan hamkorlikda, 1942), „Opa-singil Rahmonovalar“ (1954), „Natashaxonim“ (1965), „Koniyut gʻorining siri“ (1967), „Semurgʻ“ (1972), „Gang uzra tong“ (1975) kabi kinofilmlarga musiqa yozgan, sim-fonik poema va syuitalar yaratgan. „Dilorom“ operasi asosida birinchi oʻzbek film-operasi yaratildi.

Works (2)